Sajda’da hisob faqat bulutli zaxira uchun ochiladi. Zaxirani yoqmagan bo‘lsangiz, serverda sizning hisobingiz ham, qazo va zikr ma’lumotlaringiz ham yo‘q: hammasi telefoningizda. Ularni Profil → Barcha ma’lumotlarni o‘chirish bilan yoki ilovani o‘chirib yo‘q qilasiz. Serverda faqat “Savol yuborish” orqali yuborgan savollaringiz va server loglari bo‘lishi mumkin (pastdagi “Nima qoladi” ga qarang).
Ilova orqali o‘chirish (eng tez yo‘l)
1-usul. Faqat serverdagi zaxira va hisobni o‘chirish
Telefondagi ma’lumotlar joyida qoladi.
- Sajda’ni oching va pastdagi Profil bo‘limiga o‘ting.
- Tepadagi Zaxira yoqilgan kartasida Boshqarish ni bosing.
- Pastdagi Zaxirani o‘chirish ni bosing.
- Zaxira o‘chirilsinmi? oynasida O‘chirish ni bosing.
Internet kerak. Ilova Qayta kiring desa, zaxira yoqilgan Google hisobi bilan qayta kiring, shundan keyin hisob o‘chiriladi. Aynan shu Google hisobini tanlang: boshqa hisob tanlansa, ilova zaxirani shu telefonda o‘chiradi, lekin serverdagi hisob o‘chmay qolishi mumkin.
2-usul. Hammasini o‘chirish: telefondan ham, serverdan ham
- Profil ro‘yxatining oxiridagi Barcha ma’lumotlarni o‘chirish ni bosing.
- O‘chirish ni bosing.
Zaxira yoqilgan bo‘lsa, avval serverdagi hisob o‘chiriladi. Server bilan bog‘lanib bo‘lmasa, hech narsa o‘chirilmaydi va ilova buni aytadi: internetni tekshirib, qayta urinib ko‘ring.
Eski telefon yo‘q bo‘lsa
- Sajda’ni istalgan Android telefonga o‘rnating.
- Birinchi ekranda Oldin foydalanganmisiz? ostidagi Zaxiradan tiklash ni bosing.
- Google bilan davom etish ni bosib, zaxira yoqilgan Google hisobini tanlang.
- Zaxira topildi ekranida Tiklash ni bosing.
- Keyin yuqoridagi 1-usul yoki 2-usul bilan o‘chiring.
Ilova Bu hisobda zaxira yo‘q desa, serverda bu Google hisobi uchun nusxa yo‘q. Lekin bo‘sh hisob yozuvi (Google hisob raqami, vaqt mintaqasi, til) qolgan bo‘lishi mumkin, masalan, birinchi nusxa yuklanmay qolgan bo‘lsa. Uni o‘chirish uchun ilovani odatdagidek sozlang, Profil → Zaxirani yoqish ni shu Google hisobi bilan bosing, keyin 1-usul bilan o‘chiring.
Ilovani telefondan o‘chirish serverdagi zaxirani o‘chirmaydi. Serverdagi nusxa siz uni o‘chirguningizcha yoki o‘chirishni so‘raguningizcha saqlanadi, uzoq ishlatilmasa ham avtomatik o‘chmaydi.
Ilovasiz: shu sahifada o‘chirish
Bu usul tez orada ishga tushadi. Hozircha ilova orqali yoki pastdagi email orqali o‘chiring.
Ilovasiz, email orqali so‘rash
Ilovadan foydalana olmasangiz, support@qazo-namoz.uz manziliga “Sajda: hisobni o‘chirish” mavzusida yozing.
Muhim: serverda email manzilingiz, ismingiz yoki telefon raqamingiz saqlanmaydi, faqat Google hisobingizning raqami saqlanadi. Shuning uchun hisobingizni email bo‘yicha topa olmaymiz. Topishimiz uchun bilganlaringizni yozing:
- zaxirani taxminan qachon yoqqansiz va oxirgi marta qachon ishlatgansiz;
- hisob-kitobda kiritgan sanalar (masalan, balog‘at sanasi va namozni muntazam boshlagan sana) yoki o‘qilgan qazolar soni;
- o‘zingiz qo‘shgan zikr nomlari (bo‘lsa).
Shu ma’lumotlar bo‘yicha bitta hisob aniq topilsa, uni o‘chiramiz va sizga javob yozamiz. So‘rovni ko‘pi bilan 30 kun ichida ko‘rib chiqamiz. Hisobni ishonchli aniqlay olmasak, bu haqda yozamiz va ilova orqali o‘chirishni taklif qilamiz: begona hisobni o‘chirib qo‘ymaslik uchun. Bu ma’lumotlarni faqat hisobni topish uchun ishlatamiz.
Nima o‘chiriladi
Hisob o‘chirilganda server bazasidan darhol o‘chiriladi:
- hisob yozuvi va Google hisobi bilan bog‘lanish (Google hisob raqami);
- zaxira nusxasi: qazo hisob-kitobi uchun kiritilgan ma’lumotlar, natijalar, kalendar belgilari, kunlik sonlar va reja tarixi;
- zikrlar va ularning sanoqlari;
- sozlamalar (vaqt mintaqasi, til, ko‘rinish, kunlik maqsad, eslatmalar);
- barcha kirish sessiyalari.
Google hisobingizning o‘zi o‘chmaydi, u Google’niki. Xohlasangiz, Google hisobingiz sozlamalarida ulangan ilovalar ro‘yxatidan Sajda’ni ham olib tashlashingiz mumkin.
Nima qoladi va qancha
| Ma’lumot | Qancha qoladi |
|---|---|
| Server bazasining zaxira nusxalari | Ko‘pi bilan 15 kun. Ular faqat server buzilganda bazani tiklash uchun olinadi. Har kuni yangi nusxa olinganda 14 kundan eskilari avtomatik o‘chiriladi. |
| Server loglari (IP manzil, so‘rov vaqti va yo‘li, User-Agent, serverning tasodifiy hisob raqami) | Aniq muddat yo‘q. Loglar hajm bo‘yicha aylanadi (har bir xizmat uchun taxminan 30 MB), eskilari avtomatik o‘chadi. So‘rovlar kam bo‘lsa, bir necha hafta yoki oy turishi mumkin. |
| “Savol yuborish” orqali yuborilgan savollar | Hisobga bog‘lanmagan, shuning uchun hisob bilan o‘chmaydi. Matnini va taxminiy sanasini yozsangiz, alohida o‘chiramiz. |
| Telefondagi ma’lumotlar | 1-usulda telefonda qoladi. 2-usul yoki ilovani o‘chirish ularni telefondan o‘chiradi. |
| Siz saqlagan eksport fayllari | Siz tanlagan joyda turadi, ularni biz o‘chira olmaymiz. |
| Bizga yozgan email xatingiz | Javob berish uchun kerak bo‘lguncha; so‘rasangiz, o‘chiramiz. |
Batafsil: Maxfiylik siyosati.